<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Sodiq boʻlgin</title>
<lyrics>[V1]
 Oʻgʻil beaql boʻlsa,
 Koʻrar ota azobing,
 Ona bagʻri ezilar,
 Zahardek bir burda noni.

[V2]
 Boshingdagi kulfatdan qoch,
 Yigʻib olgin oʻz aqling,
 Xudo aytgan yoʻldan yur,
 Doimo sodiq boʻlgin.

[C1]
   Sodiq boʻlgin, sodiq boʻlgin Xudoga.
   Sodiq boʻlgin, sodiq boʻlgin Xudoga.

[V3]
 Yaxshi kun ham, yomon kun ham,
 Suvday oqib ketadi.
 Dono Sulaymon behuda,
 Behuda deb aytadi.

[V4]
 Qancha aql oʻrgatsang ham
 Tanang yerda qoladi.
 Xudo aytgan yoʻldan yur,
 Doimo sodiq boʻlgin.

[C2]
   Sodiq boʻlgin, sodiq boʻlgin Xudoga.
   Sodiq boʻlgin, sodiq boʻlgin Xudoga.

[V5]
 Maqtanma kuching bilan,
 Idrokingga suyanma,
 Butun jonu-diling bilan,
 Egang Nomin ulugʻla.

[V6]
 Kun kelib koʻtarilsang,
 Gunohga hech aldanma,
 Xudo aytgan yoʻldan yur,
 Doimo sodiq qolgin.

[C3]
   Sodiq qolgin, sodiq qolgin Xudoga.
   Sodiq qolgin, sodiq qolgin Xudoga.

[V7]
 Darbadarlikda yurding,
 Otang Xudoni unutib,
 Soʻzlarini yoqtirmading,
 Xom xayolga berilib.

[V8]
 Bilgin xochda muqaddas,
 Oʻgʻil qoni toʻkilgan,
 Otang uyiga qaytgin,
 Doimo sodiq boʻlgin.

[V9]
 Sodiq boʻlgin, sodiq boʻlgin Xudoga.
 Sodiq boʻlgin, sodiq boʻlgin Xudoga.</lyrics>
<author>Sobir Umurov</author>
</song>